AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalinish holati yana oshdi

'O`zbekistonda koronavirusga chalinish holati yana oshdi'ning rasmi

2020 yil 12 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 850 (+129) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 107 nafari Toshkent viloyatida hamda 22 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli A.Sh. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 85 yoshli A.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahrida 275 nafar, Toshkent viloyatida 156 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan, Farg`ona va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.  

    Boshqa yangiliklar