Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq kunlik statistikani e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun, 12 sentyabr kuni mamlakatimizda 578 holatda kasallik qayd etildi.
Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg`ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 488 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 850 nafar bemordan 43 511 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 953 nafar bemordan 475 nafari og`ir, 231 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






