AsosiyJamiyat

Chinozda og`ir oqibatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

'Chinozda og`ir oqibatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor'ning rasmi

13 sentyabr kuni soat 00:10 larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Ko`tarma MFY hududida, 1986 yilda tug`ilgan T.S. xavfsizlik kamarini taqmasdan “Neksiya-3” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotib, yo`lni ikkiga ajratib turuvchi beton to`siqdan yo`lni qarama-qarshi tomoniga o`tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1981 yilda tug`ilgan, xavfsizlik kamarini taqmagan F.N. boshqaruvidagi ”Lasetti” rusumli avtomobil bilan to`qnashgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, “Neksiya-3” rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli T.S., “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 39 yoshli F.N. hamda ushbu avtomobil yo`lovchilari 40 yoshli E.X. va 25-30 yoshlardagi ayol (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, “Lasetti” rusumli avtomobil yo`lovchilari 29 yoshli K.B. va 44 yoshli Yu.H.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini, haydovchilar xavfsizlik kamaridan foydalanishlarini va yo`lovchilarni ham ogohlantirishlarini so`rab qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar