AsosiyJamiyat

Videosi tarqalgan Ohangaron shahar IIB YHXB xodimiga chora ko`rildi

'Videosi tarqalgan Ohangaron shahar IIB YHXB xodimiga chora ko`rildi'ning rasmi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni sahifamizda “Ohangarondagi masxaraboz GAI!” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berishicha, mazkur xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizom hamda IIVning me`yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB Yo`l harakati xavfsizligi bo`linmasi ma`muriy huquqbuzarlik materiallarini ko`rib chiqish bo`yicha inspektori D.Mashkurovga nisbatan “egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida YHX bilan bog`liq bo`lmagan lavozimga tayinlanishi” jazosi e`lon qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar