AsosiyJamiyat

Kitob tumani maktablarida o`qish 14 sentyabrdan boshlanmaydi

'Kitob tumani maktablarida o`qish 14 sentyabrdan boshlanmaydi'ning rasmi

Umumta`lim maktablarida sanitariya talablariga amal qilinishi bo`yicha maktab mutasaddilariga ko`mak berish maqsadida 10 ming nafardan oshiq tibbiyot xodimi biriktirildi, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

Ayni paytda Kitob tumani maktablarida o`qish 14 sentyabrdan boshlanmasligi aytilmoqda. Bu haqda tuman Xalq ta`limi bo`limiga asoslanib, Kitob tumani hokimligi axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

"Tumandagi mavjud epidemiologik vaziyat hamda COVID-19 ga test topshirgan o`qituvchilarning tahlil natijalari hisobga olingan holda, tez kunda bo`lib o`tadigan Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining qarori bilan tuman maktablarida an`anaviy yoki onlayn o`qitish joriy etilishi kuni e`lon qilinadi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar