Surxondaryo viloyati o`rmon xo`jaligida yirik yong`in sodir bo`ldi. FVV xodimlari yuzaga kelgan yong`inni tezkorlik bilan bartaraf etdilar Bu haqda FVV rasmiy kanali ma`lum qildi.
Yong`in Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o`rmon xo`jaligi hududidagi “Gurimbuloq” tog`li maskanida sodir bo`lgani aytilmoqda. Quruq o`t yonishi sababli hosil bo`lgan yong`in 50 ga atrofidagi maydonni qamrab olgan.
Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo viloyatining bir necha maxsus texnikasi hamda o`nlab shaxsiy tarkibi safarbar qilindi.
Shuningdek, yong`inni bartaraf qilishda FVDT ga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan ko`maklashdilar.






