AsosiyJamiyat

SSV raqamlarni yashirishdan umuman manfaatdor emas – SSV matbuot kotibi

'SSV raqamlarni yashirishdan umuman manfaatdor emas – SSV matbuot kotibi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda va aholi orasida SSV koronavirus bilan bog`liq raqamlarni yashirayotgani to`g`risida turli fikr-mulohazalar tarqalmoqda. Bu munozaralar haqida vazirlik matbuot kotibi quyidagilarni ta`kidlab o`tdi.

 «SSV raqamlarni yashirishdan umuman manfaatdor emas. Qolaversa, shaxsan davlat rahbarining o`zi bu borada aniq ma`lumot berish zarurligini alohida eslatib qo`ygan. Biz ham davlat rahbarini, ham xalqni aldab nima qildik?

Endi bevosita shubhalar tug`ilishi sabablarini yana bir bor eslatib o`tsam.

Eng avvalo, shuni bilishimiz kerak, koronavirus bilan bog`liq statistikaga faqat maxsus laborator tibbiy tekshiruvlar orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi.

Kasallikning ayrim simptomlari mavjud bo`lib, kasallik gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi. Ammo yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan va yurtimizning qator hududlarida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bunday bemorlar ham stasionar sharoitda davolanishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo qilingan. Hozirda ular shunday maskanlarda davolanishmoqda.

Mamlakatimizdagi Saralash va taqsimlash markazlari o`z nomidan ham ma`lum, koronavirusga taxmin qilingan yoki uning alomatlari bo`lgan bemorlarni qabul qiladi. Kasallik tasdiqlansa ular darhol rasmiy statistikada qayd etiladi va yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yo`naltiriladi.  

Tabiiyki, u erda koronavirus tasdiqlanmagan, lekin boshqa kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar ham juda ko`p. Shularning hisobiga shifoxonalardagi bemorlar soni koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning vazirlik e`lon qilayotgan rasmiy miqdoridan farqli ekanini ko`rish mumkin», — dedi SSV matbuot kotibi Furqat Sanaev KUN.UZga bergan intervyusida.  

    Boshqa yangiliklar