Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport ta`lim muassasalarida 2020/2021-o`quv yili joriy yilning 1 oktyabridan boshlab amalga oshiriladi.
Sport ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonlari o`quvchilarning ota-onalari (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)ning xohish-istaklaridan kelib chiqib, an`anaviy yoki onlayn (masofaviy) shaklda tashkil etiladi.
Sport ta`lim muassasalarida o`qishni an`anaviy shaklda davom ettirish istagini bildirgan o`quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)dan yozma rozilik talab etiladi, shuningdek, o`quvchilarga, sog`lig`i to`g`risida ma`lumotnomani taqdim etishi hamda ularning ota-onalaridan yozma rozilik olingandan so`ng, o`qishga kelishlariga ruxsat beriladi.
Joriy yilning 20 centyabridan boshlab boshqa sport bazalarda (oromgoh, sanatoriya) tasdiqlangan sanitariya-gigiena qoidalari va me`yorlariga qat`iy amal qilgan holda tegishli tashkilotlarning ruxsati bilan o`quv-mashq yig`inlarini tashkil etishga ruxsat etiladi.






