AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda 2635 ta maktab an`anaviy shaklda dars jarayonini boshlaydi

'Ertaga O`zbekistonda 2635 ta maktab an`anaviy shaklda dars jarayonini boshlaydi'ning rasmi

7 sentyabr kunidan e`tiboran ochilgan maktablarni hisoblaganda 14 sentyabr kuni ochiladigan jami maktablar soni 2635 tani tashkil qiladi.  Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda. 

Avval xabar berilganidek Respublikadagi qolgan maktablar oktyabr oyiga qadar individual tarzda joylardagi haqiqiy   holat hamda sog`liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan so`ng qabul qilinadi.  

Bunday qaror hududdagi epidemiologik vaziyat, o`qituvchilarda aniqlangan koronavirus ko`rsatkichi, hududdagi sog`liqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqib qabul qilinadi.

Bunda har har bir hudud individual tarzda yondashayotganligini ham alohida qayd etish mumkin. Aytaylik, Navoiy viloyatidagi ba`zi maktablarda dastlabki haftalarda asosan boshlang`ich sinf o`quvchilari  an`anaviy ta`lim shakliga jalb qilinmoqda, boshqa viloyatlarda esa maktabning har bir sinfi turli vaqtda va navbatda o`qishni tashkil qilmoqda.  

Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar to`g`risidagi ma`lumotlar tegishliligi bo`yicha hokimliklar va tuman xalq ta`limi bo`limlari rasmiy internet tarmoqlarida e`lon qilinishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar.

Eslatib o`tamiz, maktabi faoliyatini tiklamagan o`quvchilarning ta`lim olishi “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta`minlanadi.  

Onlayn maktab loyihasi doirasida darslar jadvali kunlik ravishda e`lon qilib boriladi.  

Fursatdan foydalanib, ota-onalardan mazkur jarayonga mas`uliyat bilan yondoshishlarini, an`anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat`iy rioya qilishni, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so`rab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar