1

Ohangaronda 22 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Jamiyat 14.09.2020, 11:05
Ohangaronda 22 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 7:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o`tgan avtomobil yo`lida  haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan M.P. “Vaz 2107” rusumli avtomobilni “Angren-Ohangaron” yo`nalishida boshqarib ketayotib, belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan 50-55 yosh atrofidagi erkak kishini (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, shaxsi noma`lum piyoda og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkor bo`lishlarini, piyodalar belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tmasliklarini so`rab qolamiz" deyladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1