1

«Avto 60 oy» ishi bo`yicha sud jarayonlari viloyatlarda olib boriladi

Jinoyat 14.09.2020, 14:32
«Avto 60 oy» ishi bo`yicha sud jarayonlari viloyatlarda olib boriladi

«Avto 60 oy» ishi bo`yicha sud majlislarini respublika bo`ylab hududlarda o`tkaziladi. Bu haqida jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudi ma`lum qildi.

Ko`pchilikning diqqat markazida bo`lib turgan «Avto 60 oy» ishi bo`yicha sud jarayonlari bo`lib o`tayotgani haqida ma`lumot berilgandi. Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining xabar berishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardan (Toshkent viloyatidan tashqari) bo`lgan jabrlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida keyingi sud majlislari respublika bo`ylab hududlarda o`tkaziladi.

Ma`lumot uchun, bugunga qadar sud majlisida 1 809 nafar jabrlanuvchi so`roq qilingan.

Andijon viloyatida yashovchi jabrlanuvchilar uchun sud jarayonlari shu yil 14-19 sentyabr kunlari (dushanbadan shanbaga qadar) soat 09:00dan 17:00gacha jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudi binosida (Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko`chasi, 15-uy) bo`lib o`tishi ma`lum qilingan.

Sud majlisi bo`lib o`tadigan vaqt va joy to`g`risida JIB Chilonzor tuman sudining telegram kanali orqali xabar berib boriladi.

Eslatib o`tamiz, tergov hujjatlariga ko`ra, «Avto 60 oy» MChJ ta`sischisi va boshqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan avtotransport olib berishni va`da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln so`mdan 10 mln so`mgacha pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni to`liq bajarmagan.

MChJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million so`m to`lov qilgani aniqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1