AsosiyJamiyat

RINIATMga yangi direktor tayinlandi

'RINIATMga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda SSV rasmiy kanali xabar berdi.

Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`iga asosan, Mirrahimova Saidaxon Shuhratovna Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida innovasion texnologiyalarni tatbiq etish,  etakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan  hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta`minlash singari vazifalar yuklatildi.  

Saidaxon Mirraximova ayni paytgacha Samarqand viloyat ixtisoslashgan ko`z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar