1

«Lukoyl» kompaniyasi 2020 yil hisobidan xalq ta`limi tizimida 243 mln. so`mlik robototexnika sinflarini tashkil etadi

Jamiyat 14.09.2020, 15:31
«Lukoyl» kompaniyasi 2020 yil hisobidan xalq ta`limi tizimida 243 mln. so`mlik robototexnika sinflarini tashkil etadi

"LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani" MChJ hamda Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlikda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining umumta`lim maktablarida «Lukoyl» kompaniyasi homiyligi asosida robototexnika kurslarini tashkil etadi. Bu haqda Markaz Darakchiga ma`lum qildi.

Ma`lumki, xalq ta`limi tizimida o`quvchi yoshlarni kelajakda kasb-hunarga tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Shuningdek, robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Buxoro va Qarshi shaharlarida ikkita umumta`lim maktablarida umumiy loyiha qiymati qariyb 243 mln. so`mlik robototexnika sinflari joriy yilning so`ngiga qadar tashkil etiladi.

Kelajakda «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ hamda xalq ta`limi sohasida ushbu loyihani kengaytirish va yangi yo`nalishlar bo`yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1