1

Rossiyada ishlashni xohlovchilar uchun oylik maoshi 670 AQSh dollarigacha bo`lgan ish o`rinlari taklif etilmoqda

Jamiyat 14.09.2020, 15:55
Rossiyada ishlashni xohlovchilar uchun oylik maoshi  670 AQSh dollarigacha bo`lgan ish o`rinlari taklif etilmoqda

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanalida Rossiya federasiyasining bir qator viloyatlaridagi mavjud ish o`rinlari haqida e`lon berildi.

Unga ko`ra, 

Chelyabinsk viloyatida sabzavot etishtirish ishlariga 50 nafar fuqaro taklif etilmoqda.

Oylik ish haqi: ishlab chiqarish normasini bajargan taqdirda soatiga 130 rubl.

Vaqtinchalik yashash joyiga ro`yxatga olish, yashash va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Ishlash uchun ruxsatnoma (patent)ni rasmiylashtirish ish beruvchi ko`magida kredit olib berilishi evaziga qoplanadi.

O`zbekistondan Chelyabinsk viloyatiga etib borish xarajatlari fuqaro hisobidan to`lanadi.

Talablar: 18-45 yoshda bo`lgan, o`rta ma`lumotli ayol va erkaklar. Ish tajribasining ahamiyati yo`q. Sinov muddati 3 oy bo`lib, bu davrda ish haqi o`zgarmaydi.

 

Kaluga viloyati Lyudinovo shahrida sabzavot etishtirish ishlariga 100 nafar fuqaro taklif etilmoqda.

Oylik ish haqi: ishlab chiqarish normasini bajargan taqdirda soatiga 130 rubl.

Vaqtinchalik yashash joyiga ro`yxatga olish, yashash joyi, ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Ishlash uchun ruxsatnoma (patent)ni rasmiylashtirish ish beruvchi ko`magida kredit olib berilishi evaziga qoplanadi.  

O`zbekistondan Kaluga viloyatiga etib borish xarajatlari fuqaro hisobidan to`lanadi.

Talablar: 18-45 yoshda bo`lgan, o`rta ma`lumotli ayol va erkaklar. Ish tajribasining ahamiyati yo`q. Sinov muddati 3 oy bo`lib, bu davrda ish haqi o`zgarmaydi.

 

Voronej shahrida  qishloq xo`jaligi (qo`ziqorin etishtirish) ishlariga 200 nafar fuqaro taklif etilmoqda.

Ish vaqti: haftasiga 6 kun, ishchining istagiga ko`ra, haftasiga 7 kun bo`lishi mumkin.

Oylik ish haqi: ishlab chiqarish normasini bajargan taqdirda soatiga 130 rubl.

Vaqtinchalik yashash joyi uchun ro`yxatga olish, yashash joyi, ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

 Ishlash uchun ruxsatnoma (patent)ni rasmiylashtirish ish beruvchi ko`magida kredit olib berilishi evaziga qoplanadi.

O`zbekistondan Voronejga etib borish xarajatlari fuqaro hisobidan to`lanadi.

Talablar: 18-45 yoshda bo`lgan, o`rta ma`lumotli ayol va erkaklar. Ish tajribasining ahamiyati yo`q. Sinov muddati 3 oy bo`lib, bu davrda ish haqi o`zgarmaydi.

 

Kaliningrad viloyatidagi oziq-ovqat ishlab chiqarish va qadoqlash (baliq va parrandani qayta ishlash) ishlariga 200 nafar fuqaro taklif etilmoqda. 

Oylik ish haqi: ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab 30-50 ming rubl (400-670 AQSh dollari atrofida).

Vaqtinchalik yashash joyiga ro`yxatga olish, yashash joyi, oylik patent to`lovlari ish beruvchi tomonidan to`lanadi.

 Ishlash uchun ruxsatnoma (patent)ni rasmiylashtirish ish beruvchi tomonidan foizsiz qarz berilishi evaziga qoplanadi.

 O`zbekistondan Kaliningrad shahriga borish, ovqatlanish xarajatlari fuqaro hisobidan to`lanadi.

Talablar: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan ayol va erkaklar, ma`lumoti va ish tajribasining ahamiyati yo`q, sinov muddati 10 kun.

Ma`lumot uchun: O`zbekistondan Kaliningrad shahriga charter reys orqali nomzodlarni etkazish mo`ljallanmoqda.

Bog`lanish uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mintaqaviy filiallarining quyidagi telefon raqamlariga telefon qilishingiz mumkin:

Qoraqalpog`iston Respublikasi  61 222-53-32 / 61 222-53-34

Andijon viloyati  95 202-33-55

Buxoro viloyati  65 226-56-92 / 99 708-49-98

Jizzax viloyati  72 226-91-97 / 72 226-91-87

Qashqadaryo viloyati  75 224-05-25 / 97 770-04-92

Navoiy viloyati  79 224-11-60

Namangan viloyati  69 227-94-64 / 69 227-97-27

Samarqand viloyati  66 233-24-00 / 66 233-53-00

Sirdaryo viloyati  67 225-55-59

Surxondaryo viloyati  76 222-45-22

Toshkent viloyati  71 202-33-55

Farg`ona viloyati  73 244-40-01 / 73 244-40-05

Xorazm viloyati  62 224-12-35 / 97 518-12-35

Toshkent shahri  71 202-33-55 (ichki raqam 39) / 97 429-84-20

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1