1

Andijonda aslida nima bo`lgan edi? Shifokor IIB xodimi tomonidan kaltaklanganmidi? Voqeaga IIV oydinlik kiritdi

Jamiyat 14.09.2020, 16:23
Andijonda aslida nima bo`lgan edi? Shifokor IIB xodimi tomonidan kaltaklanganmidi? Voqeaga IIV oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda ichki ishlar organlari xodimi tomonidan shifokor kaltaklanganligi haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati ushbu voqea nazoratga olinganini ma`lum qildi.

IIV Matbuot xizmati aslida shifoxonada qanday holat yuz berganini izohlab berdi.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmatining bergan ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil 29 avgust kuni soat 13:30larda tuman IIB profilaktika inspektoriga Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikada janjal bo`lganligi haqida xabar kelib tushgan.

Holat o`rganilganda, aniqlanishicha, mazkur poliklinika umumiy amaliyot shifokori fuqaro O.Yu., shu kuni ish faoliyatini olib borayotgan vaqtida, Andijon tumani Kengash MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.G`. jiyani M.A.ning sog`lig`i yomonlashganligi uchun uni tibbiy ko`rikka olib kelgan,so`ngra haqiqatdan navbat talashib, fuqaro va shifokor o`rtasida o`zaro kelishmovchilik va janjal kelib chiqqan. Shifokorning tushuntirishiga ko`ra mazkur holat yuzasidan unda hech kimga nisbatan da`vosi yo`q, kelishmovchilik oqibatida tan jaroxati olmagan.

O`z navbatida, ikkinchi tomon M.G`. ham ikki tomonlama janjal o`zaro tushunmovchilik natijasida kelib chiqqanligini, shifokordan kechirim so`rab, tartibsizlik qilganidan pushaymon ekanligini, xozirda shifokorga nisbatan e`tirozi yo`qligini, tan jaroxati olmaganligini bayon qilgan.

Tomonlar va guvohlarning ko`rsatmalari hamda ish bo`yicha to`plangan materiallar huquqiy baholanib, ichki ishlar organlari tomonidan  jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. 

Ichki ishlar organlari xodimlari mazkur kelishmovchilikda ishtirok etishmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, axborot tarqatuvchi televizion kanallar va ayrim ijtimoiy tarmoqlardan, jamoatchilikka e`lon qilinayotgan ma`lumotlarni tekshirib, xolisligiga ishonch xosil qilganidan so`ng aholiga etkazishlarini so`rab qolamiz. 

Tekshirilmagan va yolg`on axborotni, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini obro`sizlantirishga qaratilgan ma`lumotlarni tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini unutmasliklarini so`rab qolamiz, deyladi Matbuot xizmati xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1