AsosiyJamiyat

Nurotada joylashgan «Chashma» ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent – Nurota avtobus qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'Nurotada joylashgan «Chashma» ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida  Toshkent – Nurota avtobus qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi va tumanda joylashgan «Chashma» ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilar uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi qoshidagi “Uzautotrans service” MChJ tomonidan Toshkent – Nurota yo`nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo`lga qo`yilmoqda.  Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Mazkur yo`nalishda qatnovlar joriy yilning 15 sentyabr kunidan boshlanadi. Toshkent – Nurota yo`nalishidagi avtobus soat 11:00 da “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Nurota avtovokzalidan esa avtobus soat 6:30 da Toshkent shahri tomon yo`lga chiqadi.  

Ushbu yo`nalish chipta narxi 60 000 so`m etib belgilangan.  Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali kassalaridan, shuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv  axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olish mumkinligi aytilmoqda.  

Qo`shimcha ma`lumotlarni  (71) 207-87-00 telefon raqamidan bilib olishingiz mumkin.     

    Boshqa yangiliklar