AsosiyJamiyat

Bu yil appelyasiyaga berish qachondan boshlanadi va tartibi qanday?

'Bu yil appelyasiyaga berish qachondan boshlanadi va tartibi qanday?'ning rasmi

Appelyasiya ariza yoki shikoyatlarini bu yil onlayn tarzda qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Tanlovlar to`liq yakunlangandan so`ng ariza berish imkoniyatlari yaratiladi.

Oktyabr oyining boshlarida appelyasiya shikoyatlarini qabul qilish yo`lga qo`yiladi.

Barcha materiallar DTMda yig`ilganligi va ekspertlar ham test markazida jamlanganligini inobatga olib, appelyasiya shikoyatlari test markazida ko`rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Appelyasiya jarayonlari to`liq onlayn tarzda uzatiladi, ya`ni ota-onalar bemalol appelyasiya jarayonlarini onlayn kuzatishlari mumkin bo`ladi.

Appelyasiyaga bergan abiturient test sinovlarida echgan savollar varaqasi bilan o`zi bevosita ishtirok etadi.

Ta`kidlash lozimki, abiturientlar appelyasiyada qayta sinovdan o`tkazilmaydi, ya`ni yangi savollar berilmaydi. test sinovida echgan savollar kitobida belgilangan javoblar bilan appelyasiya jarayoni ko`rib chiqiladi.

Bu haqda DTM Bosh boshqarma boshlig`i Barno Rajabov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar