AsosiyJamiyat

20 yoshli qizaloq "Vaz 2107" haydovchisi sababli vafot etdi

'20 yoshli  qizaloq  "Vaz 2107"  haydovchisi sababli vafot etdi'ning rasmi

20 yoshli haydovchi "Vaz 2107"da urib yuborgan qizaloq shifoxonada vafot etdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermokda.

Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani hududidan o`tgan 4R 114 avtomobil yo`lining 16-kilometrida, haydovchi, 2000 yilda tug`ilgan A.Q. “Vaz 2107” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo`lga yugurib chiqqan piyoda, 2011 yilda tug`ilgan M.O.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, voyaga etmagan, 9 yoshli M.O. og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo`lda piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini, ota-onalar voyaga etmagan farzandlariga avtomobil yo`li atrofida harakatlanishga ruxsat bermasliklarini, doimo nazorat qilishlarini so`rab qolamiz.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar