Prezident Shavkat Mirziyoev “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonunga o`zgartish kiritish haqidagi qonunni imzoladi.
Qonunga ko`ra, endilikda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko`rsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga o`tkazilmoqda.
Kotibiyatlar yuridik shaxs hisoblanib, uning faoliyati mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi. Kotibiyat tuzilmasi, shtatlar, xodimlarning mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika ta`minoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun bugundan kuchga kirdi






