Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
- polkovnik Qilichov Zulfiqor Pardakulievich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta`minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiasion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan;
- polkovnik Azizov Fayzullo Abdullaevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar polkovnik F.Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik ta`minot markazi boshlig`ining o`rinbosari - Ta`minot bazasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan;
- podpolkovnik Sadirov Xurshid Ergashevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi. U avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring bo`limi boshlig`i vazifasida xizmat qilgan;
polkovnik Abduxalikov Abdurazzoq Abdumutalipovich Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. U hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan;
"Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati va shaxsiy tarkibi yuqorida nomlari keltirib o`tilgan xodimlarni samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi" deyiladi xabarda.






