AsosiyJamiyat

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda.

'Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda.'ning rasmi

Unda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etib, parlamentga “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini taqdim etmoqda.  

Qonun loyihasi birinchi o`qishda deputatlar tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

Ushbu Qonun loyihasining asosiy maqsadi hamma uchun vijdon erkinligini kafolatlash, har bir inson xohlagan dinga e`tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik huquqini ta`minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`ymaslik, har bir shaxsning diniy e`tiqodi erkinligini to`liq ta`minlash, shuningdek, dinlararo va millatlararo totuvlikni saqlash maqsadida vakolatli davlat organlari va diniy tashkilotlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga solishdan iborat.  

Qonunga kiritilayotgan yangiliklardan biri diniy tashkilotlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish tartib-taomillari engillashtirilmoqda, xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda, ularni notarial va boshqa ko`rinishlarda tasdiqlashga oid talablar bekor bo`lmoqda, davlat xizmatlari to`liq elektron ko`rinishda amalga oshirilishi joriy etilmoqda, ro`yxatdan o`tkazishni rad etish asoslari aniq belgilanmoqda.  

Majlis  davom etmoqda...

    Boshqa yangiliklar