AsosiyJamiyat

Xorijdan kelgan fuqaro o`z uyida izolyasiyani qanday tartibda o`tashi kerak?

'Xorijdan kelgan fuqaro o`z uyida izolyasiyani qanday tartibda o`tashi kerak?'ning rasmi

O`zini izolyasiyalash nima? O`g`lim Malayziyadan qaytyapti, uyda izolyasiyani qanday tartibda o`tashi kerak?

Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda  Respublika bosh sanitariya inspektori, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi  Nurmat Otabekov,  quyidagicha javob berdi:

O`z-o`zini izolyasiyalash - aholi uchun cheklovchi chora-tadbirlar majmui bo`lib, hukumat tomonidan xavfli kasalliklar tarqalishini oldini olish uchun muayyan muddatga joriy etiladi.

Izolyasiya vaqtida fuqarolar quyidagi rejimga rioya etishlari talab etiladi:

  • o`ta zaruratsiz ko`chaga chiqmaslik;
  • boshqa odamlar bilan muloqotni cheklash;
  • yuqumli kasalliklar, xususan, koronavirusni oldini olish bo`yicha barcha tavsiyalarga rioya qilish.

 

Respublika maxsus komissiyasining 43-son bayonnomasiga ko`ra Malayziya koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo`yicha "yashil hudud"ga kiradi. "Yashil hudud"dan qaytgan yo`lovchilarga karantin choralari qo`llanilmaydi (kasallik alomatlari bo`lgan shaxslar bundan mustasno).

    Boshqa yangiliklar