AsosiyJamiyat

Sirdaryoda "Neksiya-3" haydovchisi rul boshqaruvini yo`qotib, "Gazel"ga urilishi natijada o`zi ayanchli vafot etdi

'Sirdaryoda "Neksiya-3" haydovchisi rul boshqaruvini yo`qotib, "Gazel"ga urilishi natijada o`zi ayanchli vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 14 sentyabr kuni soat 09:00da Sirdaryo tumani Kamolot MFY hududidan o`tuvchi M-39 avtoyo`lining 874-km Termiz-Toshkent yo`nalishida  YTH sodir etilgan.

Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, Sirdaryo tumani Kamolat MFY da yashagan, 2000 yilda tug`ilgan haydovchi  X.I. kulrang, "Neksiya-3" avtomashinasida ketayotib boshqaruvni yo`qotadi va yo`lning chap tomonidagi daraxtga urilib, unga qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan  Sirdaryo tumani Matonat MFY da yashovchi 1989 yilda tug`ilgan haydovchi A.B.ning "Gazel" avtomashinasi bilan to`qnashadi. 

Natijada "Neksiya-3" haydovchisi X.I. “peshona sohasida shilinma va gematoma, chap yuqori qovoq burun sohalari qontalash va kesilgan jaroxati, ko`krak qafasi yopiq jaroxati, qovurg`alar sinishi, ichki qon ketishi” tashxisi bilan Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Ma`lum qilinishicha, vafot etgan haydovchi  xavfsizlik kamarini taqmagan, 2 yillik haydovchilik stajiga ega bo`lgan.  

"Gazel"da bo`lgan 1974 yilda tug`ilgan yo`lovchi  D.O.ga Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, chiqarib yuborilgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar