1

Buxoroda oilalar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi, janjal ishtirokchilaridan birini “Kobalt"da bosib ketmoqchi ham bo`lishdi (video)

Jamiyat 15.09.2020, 18:45
Buxoroda oilalar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi, janjal ishtirokchilaridan birini “Kobalt"da bosib ketmoqchi ham bo`lishdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bo`lgani aytilayotgan katta janjal videosi tarqaldi.

Holatga Buxoro viloyati IIB aniqliq kiritdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yilning 5-sentyabr kuni taxminan soat 14-30 larda Olot tuman “Asajam” MFYda yashovchi fuqaro A.M. sobiq turmush o`rtog`i G.E. bilan birgalikdagi turmushi davomida tuman xokimligi tomonidan ajratilgan er maydoniga qurilgan savdo va xizmat ko`rsatish shaxobchasiga, onasi D.Ch. va yangasi R.Ch. lar bilan borgan . Sobiq turmush o`rtog`i G.E. va uning akasi U.E., otasi K.E., amakilari I.E., G.E. hamda boshqa qarindoshlari ularni nojo`ya so`zlar bilan xaqorat qilib, bir-birlarini urib tan jarohati etkazganlik holati Olot tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan belgilangan tartibda ro`yxatga olingan.

Videotasvirda mazkur hodisa vaqtida ikki nafar ichki ishlar organlari xodimlari janjallashayotgan fuqarolarni ajratayotganlik holati ko`ringan.

Ushbu xodimlarning biri tuman Huququbuzarliklar profilaktikasi inspektori leytenant X.Abduraxmonov, ikkinchisi viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi MTB inspektori kapitan M.Shamsiev.

Janjal vaqtida fukaro G.E. va uning qarindoshlari, chaqiruvga asosan hodisa joyiga etib kelgan tuman IIB XPB profilaktika inspektori leytenant X.Abduraxmonovning qonuniy talablarini bajarmasdan, sobiq turmush o`rtog`i M.A. bilan bir-birlarini haqorat qilib o`zaro janjallashib ketishgan.

Shu vaqtda yurituvida bo`lgan ariza yuzasidan surishtiruv harakatlarini o`tkazish uchun Olot tumaniga borayotgan Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi MTB inspektori kapitan M.Shamsiev yo`ldan o`tib ketayotib, mazkur janjalni ko`rib qolgan va janjalni bartaraf qilish choralarini ko`rgan.

Shuningdek, ushbu janjal vaqtida fuqaro G.E.ning akasi U.E. amakisi G`.E.ga tegishli bo`lgan “Kobalt” rusumli 80E181OA davlat raqamli avtomashinaning old qismi bilan fuqaro M.A. ni qasddan urib yuborib, unga tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa joyi ko`zdan kechirilib, barcha ishtirokchilardan hamda mazkur janjalning guvohi bo`lgan fuqarolardan tushuntirish xatlari olingan.

Holat yuzasidan janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarga etkazilgan tan jarohatlarining og`irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Olot tumani huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat IIB Axborot xizmati xabarida. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1