Piskent tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Sessiya ishida tashkiliy masala ko`rib chiqildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Rixsiev Rahimjon Mirkadirovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
R.Rixsiev 1982 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat moliya institutini, 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Rahimjon Rixsiev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
Shuningdek, Piskent tumani prokurori, ichki ishlar bo`limi boshlig`i, soliq inspeksiyasi boshlig`i ham lavozimidan ozod etilib, yangi tarkibda ish boshlagan sektor rahbarlari tanishtirilgan.
Ya`ni:
Djuraev Alisher Ashuralievich - tuman prokurori
Miliev Shuhrat Akmalovich - tuman IIB boshlig`i
Sayfiev Jasur Ravshanovich - DSI boshlig`i.






