AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.
Bolalar koronavirus bilan kasallansa kelajakda salomatligiga ta`sir ko`rsatishi, masalan bepushtlikka olib kelishi mumkinmi?
Koronavirus kasalligi mutlaqo yangi kasallik bo`lib, hali u haqida etarli ma`lumotga ega emasmiz. Alohida bu borada ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan.
Qolaversa kasallik yosh bolalarda juda engil formada o`tayapi, shuning uchun kelajakda biror bir jiddiy asorat qoldirishi haqida bashorat qilish noto`g`ri bo`ladi.
Fikrimizcha, COVID-19 kelajakda farzand ko`rmaslik (bepushtlik) kabi holatlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi,
-javob qaytardi mutaxassis.