Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar tarqatdi, deya yozdi. platforma.uz.
Yaqin soatlar ichida mamlakat parlamenti navbatdan tashqari majlisida hukumatning yangi rahbarini tasdiqlaydi. “Kunchiqar yurt”ga Liberal-demokratik partiya etakchisi, 71 yoshli siyosatchi Yoshixide Suga Bosh vazir bo`lishi kutilyapti. Bu deyarli aniq. Faqat rasmiy tasdiqlash jarayoni qolgan xolos. Shundan so`ng u hukumatning yangi tarkibini shakllantiradi.
Suga Yaponiya Bosh vaziri sifatida 2021 yil sentyabrda bo`ladigan navbatdagi umummilliy saylovgacha faoliyat yuritadi.
Sobiq Bosh vazir Sindzo Abe sog`lig`i yomonlashgani tufayli joriy yil 28 avgust kuni lavozimini tark etishini ma`lum qilgandi.