AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentning Olmazor tumanida ichimlik suvi o`chiriladi

'Ertaga Toshkentning Olmazor tumanida ichimlik suvi o`chiriladi'ning rasmi

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ tomonidan suv o`tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.  Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan 17 sentyabr soat 09.00 dan 18 sentyabr soat 13.00 gacha Olmazor tumanidagi ayrim iste`molchilarga ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi:

- O`zMUda;

- TTAda;

- Shifokorlar shaharchasida;

- Olimpiya mavzesida;

- Xo`jaev mavzesida;

- “Beshko`rg`on” mahallasida;

- “Moyko`rg`on” mahallasida.

Suv bo`lmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Ma`lumot uchun telefonlar: (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08, 1054

 

    Boshqa yangiliklar