Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qiladi.
Ayni kunlarda viloyatimizda paxta dalalarida yil – o`n ikki oylik fidoyi mehnatlar evaziga bunyodga kelgan hosilni yig`ib-terib olib, davlat xirmoniga topshirish uchun harakat qilgan fermer xo`jaliklari xirmoni kun sayin yuksalmoqda.
Boyovut tumanida faoliyat yuritayotgan “Nurullo Yulduz fayod” fermer xo`jaligi a`zolari yillik davlatga paxta topshirish rejasini yorug` yuz bilan ado etdilar.
Mazkur xo`jalikda ko`klamda 21,3 gektar erga paxta ekilgan edi. Bir tekis unib chiqqan nihollar sifatli parvarish qilinib, mo`l hosil bunyodga kelishiga erishildi.
Paxta dalasining har bir gektaridan 25,4 sentnerdan hosil olinib shartnomadagi 54,1 tonna o`riga 58,5 tonnadan ziyod hosilni yig`ib-terib olishga muvaffaq bo`ldilar va bu rejaga nisbatan 108,2 foizni tashkil etadi.






