AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi

'Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi'ning rasmi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

"O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi diniy sohada ko`p yillar samarali xizmat qilgan, jonkuyar ulamo, fidoiy inson Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatovning vafoti munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etadi.

Rahmatli Xayrulloh domla Turmatov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ta`lim olgan, mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyatidagi "Chetsuv", "Qorabog`", “Zangiota” jome masjidlari imom-xatibi, Angren shahri bosh imom-xatibi va Toshkent viloyati bosh imom-xatibi vazifalarida fidokorona xizmat qildi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar