Ma`lum bo`lishicha, davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentyabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentyabr kunlari o`tkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo`lgan hamda test sinovi o`tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abiturientlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentyabr kuni tashkil etish belgilangan.
Mazkur abiturientlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 8:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bog`ida 15:00 dan 18:00 ga qadar bo`lib o`tadi.
Abiturientlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelish so`raladi.