AsosiySOG'LIK

16 sentyabr. Bugun 597 kishida kasallik aniqlandi, 6 kishi vafot etdi

Shu yilning 16 sentyabr kuni O`zbekistonda 597 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV...

'16 sentyabr. Bugun 597 kishida kasallik aniqlandi, 6 kishi vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 16 sentyabr kuni O`zbekistonda 597 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Buxoro, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 416 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 162 nafar bemordan 45 474 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 279 nafar bemordan 469 nafari og`ir, 259 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Boshqa yangiliklar