AsosiyJamiyat

Andijondagi bozorda rashk tufayli janjal kelib chiqdi. Jarohatlanganlar bor

'Andijondagi bozorda rashk tufayli janjal kelib chiqdi. Jarohatlanganlar bor'ning rasmi

2 sentyabr kuni soat 12:00 da 37 yoshli B.T., shar`iy turmush o`rtog`i N.O`., ni rashk qilganligi sababli, Andijon shahar Yorboshi MFY da joylashgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorida 31 yoshli X.X., bilan o`zaro janjallashib, janjal vaqtida yog`ochga qotirilgan o`tkir tig`li jism bilan X.X., ni bir marotaba urib, unga hayot uchun “og`ir” bo`lgan tan jarohati etkazgan.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan B.T., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar