Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik liseyga 2020/2021 o`quv yili uchun o`qishga kirish bo`yicha Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan test sinovlari joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan Talabalar shaharchasi sayilgohida o`tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qilmoqda.
"Test sinovlari 2 smenada (1-smena soat 08.00 dan 11.00 ga qadar, 2-smena soat 16.00 dan 19.00 ga qadar) tashkil etiladi.
Test sinovlari:
- tarix;
- xorijiy til fanlaridan bo`lib o`tadi.
Aziz abiturientlar!
- Test sinovlariga belgilangan vaqtdan bir soat oldin etib kelishingiz;
- Nazorat posti orqali abiturient ruxsatnomasi va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan hududga kirishingiz lozim.
Test sinovlari o`tkazilish jarayonida:
- Test varaqasini buklash, belgilanmagan joylarga yozish taqiqlanadi.
- Test topshirish hududiga kitob, lug`at, jadval, uyali telefon, kompyuter, telekomunikasiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirish mumkin emas.
- Test materiallarini boshqa abiturientga uzatish, yordam berish hamda bir-biri bilan gaplashish, test materiallarini hududdan tashqariga olib chiqish, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortish sizni test sinovlaridan chetlatishga asos bo`ladi.
- Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan abiturient test sinoviga qo`yilmaydi!
Hurmatli abiturientlar!
- Abiturientlar qaysi smenada test topshirishlarini bilish va test sinovlariga kirish uchun zarur bo`ladigan nomzod ruxsatnomasini tsul.dtm.uz sayti orqali onlayn hujjat topshirilganida ro`yxatdan o`tgan telefon raqamni kiritgan holda olishlari mumkin.
- Nomzod ruxsatnomasini olish bo`yicha muammolar yuzasidan Call-markaz (71) 241-72-44, (71) 241-75-54, (71) 241-57-44 raqamlari orqali akademik lisey qabul komissiyasi xodimlari bilan bog`lanib, barcha zarur ma`lumotlarni olish mumkin.
Barcha abiturientlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tishlarida omad tilaymiz" deyiladi xabarda.






