AsosiyJamiyat

735 nafar bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo`llanmalar berildi

'735 nafar bitiruvchiga ishga joylashish uchun yo`llanmalar berildi'ning rasmi

Bugungi kunda transport prokuraturasi organlari tomonidan yoshlarni, shu jumladan, ta`lim muassasi bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, Toshkent davlat transport universitetida joriy yil 16 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi hamda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tashabbusi bilan 2019-2020 o`quv yilida 19 ta bakalavr va 15 ta magistratura ta`lim yo`nalishlari bo`yicha o`qishni tamomlagan 735 nafar bitiruvchilarga ishga joylashishlari uchun yo`llanmalar berildi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy kanali xabar berdi.

Bu borada transport prokuraturasi organlari tomonidan tizimli tadbirlar davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar