AsosiyJamiyat

Rossiyadan kelgan 40 ga yaqin shifokorlar 1 oy nima bo`yicha ish olib bordi? Ularning xulosalari qanday?

'Rossiyadan kelgan 40 ga yaqin shifokorlar 1 oy nima bo`yicha ish olib bordi? Ularning xulosalari qanday?'ning rasmi

❓Rossiya Federasiyasidan kelgan 40 ga yaqin tibbiyot xodimlari bir oy ichida o`z ishini yakunladi. Ular nimalar bo`yicha ish olib bordilar? Ularning fikricha O`zbekiston ushbu davrga qadar olib borgan metodikalari to`g`rimi? 

Ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova javob berdi.

–COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun bir oy oldin mamlakatimizga kelgan Rossiya Federasiyasining 40 nafarga yaqin tibbiyot xodimlaridan iborat guruh koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda shifokorlarga nazariy va amaliy yordam berish uchun kelgan edilar.

🔹O`zbekistonlik hamkasblar va bu erga yordam berish uchun kelgan boshqa mamlakatlarning mutaxassislari bilan ishlab, intensiv terapiya, reanimasiya bo`limlari, qizil zonada bemorlarni bevosita ko`rikdan o`tkazdilar va ularni davolash bo`yicha tavsiyalari bilan bo`lishdilar.  

🔹Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga yordam ko`rsatish yo`lida juda qiyin va jiddiy vazifalar bilan bog`liq bo`lgan barcha mavzular bo`yicha hamkorlik olib bordilar. Videokonferensiyalarda qatnashdilar. Bu orqali ular o`z tajribalarini keng auditoriyaga etkazib bordilar.

🔘Ularning fikriga ko`ra,  O`zbekiston koronavirus pandemiyasiga yaxshi tayyorgarlik ko`rgan, tez va malakali karantin choralari ishlab chiqilgan, shuningdek O`zbekistonda bemorlarga yordam berish uchun zarur infratuzilma yaratilgan. Bularning barchasi mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermoqda.

    Boshqa yangiliklar