AsosiyJamiyat

Samarqandda “ISUZU” yuk mashinasi “Lasetti”ni urib yuborishi oqibatida ikki inson halok bo`ldi

'Samarqandda “ISUZU” yuk mashinasi “Lasetti”ni urib yuborishi oqibatida ikki inson halok bo`ldi'ning rasmi

Samarqandda “ISUZU” yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi oldidagi “Lasetti”ni urib yuborishi oqibatida ikki inson halok bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

 Voqea  2020 yilning 16 sentyabr kuni soat 7:00 da Paxtachi tumani “Yobu” mahallasi hududidan o`tgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yo`lining 139 km.da sodir bo`lgan. Haydovchi 26 yoshli I.R., boshqaruvida bo`lgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinani Navoiy viloyati yo`nalishi bo`yicha boshqarib borib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan haydovchi 53 yoshli Sh.H., ning boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, “Lasetti” avtomashinasi yo`lovchisi 70 yoshli H.X., olgan tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo`lovchilari 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B., lar (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilganlar, ammo ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi  tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar