AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentda bo`ladigan shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi mumkinligidan ogohlantirilmoqda

'Bugun Toshkentda bo`ladigan shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi mumkinligidan ogohlantirilmoqda'ning rasmi

“Gidrometeorologiya xizmati markazi”ning ma`lumotiga ko`ra, bugun poytaxtda shamol va qisqa muddatli yomg`ir kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha etishi mumkin.  

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar hokimligi shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o`rnatilmagan konstruksiyalarni o`rnidan qo`zg`atishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

 Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast etishi mumkin.  

Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko`chada harakatlanmasliklarini,  avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo`lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo`yishlarini so`raymiz.  

O`zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan  asrang, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar