Chiroqchida IIB xodimlari tomonidan urib o`ldirilgani aytilgan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonovning turmush o`rtog`i Go`zal Abdieva sud hay`atidan sudlanuvchilar — Nurbek Ovlaev hamda Anvar Jonqobilovlarni kechirib, sud zalidan ozod qilishni so`ragan.
“Men o`tgan sakkiz oy mobaynida zor qaqshab yig`ladim. O`zimdan o`tganini o`zim bilaman. Bu kunni dushmanimga ham ravo ko`rmayman.
Bularni 50 yilga qamasangiz ham erim qaytib kelmaydi. Shuni tushunib etdim. Men bularning ayollarini, farzandlarini o`ylayapman. Ko`zimga faqat shular ko`rinayapti. Mening farzandlarim otasini yo`qotdi, lekin bularning bolalari uyida ko`zi to`rt bo`lib kutib o`tiribdi. Mayli, men xudoga soldim. Adolat bilan hukm qilingizlar, bularning oilasi, bolalari qiynalmasin”, deb aytgan Go`zal Abdieva.






