AsosiyJamiyat

Farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalarga tavsiyalar berildi

'Farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalarga tavsiyalar berildi'ning rasmi

CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalarga qanday tavsiyalarni berdi:

  • Ota-onalar, avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sog`ligiga va ruhiy holatiga albatta e`tibor berishlari kerak;  
  • Shu o`rinda  psixologlar  tarafidan bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida uch hafta) talab etilishini inobatga olib, sizdan bolaning ruhiy holatiga e`tibor berishingizni so`raladi;
  • farzandingizga o`tgan vaqt davomidagi o`zlashtirmagan bilimlariga etib olishida paydo bo`lishi mumkin bo`lgan stressni engishga ko`maklashish kerak;
  • Karantin ta`tilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga tanbeh bermaslikka harakat qiling. Chunki o`zingiz bilmagan holda farzandingizning  kuchli tomoniga bo`lgan ishonchini yo`qotishiga sababchi bo`lib qolasiz;
  • Farzandingizning sog`lig`ini kuzatib boring va agar unda kasallik belgilari (yuqori tana harorati, hansirash, yo`tal, hid va ta`m sezmaslik, qorinda og`riq, ich ketishi) paydo bo`lsa, uni ta`lim muassasasiga yubormang;

 

Shuningdek, farzandlaringizga quyidagi gigiena qoidalarini o`rgating:

 

  • qo`llarini sovun va toza suv bilan tez-tez yuvib turish;
  • sovun va suv bo`lmasa, qo`llar uchun spirt atarkibli dezinfeksiya vositasidan foydalanish (spirt miqdori kamida 70 foiz bo`lishi kerak);
  • faqat toza ichimlik suvini ichish;
  • jamoat hojatxonalari hamda uyda hojatxona tozaligiga e`tibor berish va foydalanish tartibiga rioya qilishni;
  • chiqindilarni xavfsiz hamda to`g`ri yig`ish, saqlash va utilizasiya qilish ko`nikmalari;
  • nafas olish gigienasiga rioya qilish: yo`tal va aksirganda og`iz-burunni mato yoki tirsak yordamida to`sish;
  • kaft bilan yuzga, ko`zlarga, og`iz va burunga tegmaslik.

 

Ta`lim muassasasi ma`muriyati va pedagoglari bilan ma`lumot almashinish maqsadida doimiy muloqotda bo`lib, maktab xavfsizligini ta`minlash borasidagi sa`y-harakatlar bilan tanishib, qo`llab-quvvatlashga harakat qiling.

    Boshqa yangiliklar