AsosiyJamiyat

Yong`in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan 30 nafar rahbar va javobgar shaxs lavozimidan ozod etildi

Mamlakatimizda 2015 yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar yong`in xavfsizligi oyligi o`tkazildi. 

Kuz-qish mavsumi oldidan yong`inlarning oldini olish hamda yong`in xavfsizligini ta`minlash, keng ko`lamli targ`ibot-tushuntirish tadbirlarini kuchaytirish maqsadida o`tkazilgan oylik doirasida belgilangan barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. 235 bino va inshoot yong`in haqida avtomatik ravishda xabar beruvchi moslama bilan jihozlandi. 

Aholi gavjum joylar, serqatnov ko`chalarda reklama vositalari orqali yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etish keng targ`ib etildi. Tashkilot va muassasalarda 41 mingdan ziyod yong`in xavfsizligi burchagi tashkil etildi. Yong`inni o`chirish bilan bog`liq 4 mingga yaqin ko`rgazmali mashg`ulot o`tkazildi. 
Ana shunday ko`ngilsizliklarning oldini olish va fuqarolar yashash joylarida qonunchilikni mustahkamlash maqsadida davlat yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan oylik davomida 1,4 millionga yaqin aholi turar joylarining yong`inga qarshi holati tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklarning aksariyati zudlik bilan bartaraf etildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Yong`in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan va davlat yong`in nazorati organlarining yozma ko`rsatmalarini bajarmayotgan o`n mingga yaqin mas`ul shaxs tegishli tartibda ma`muriy javobgarlikka tortildi. 10 mingga yaqin rahbar va javobgar shaxs ma`muriy jazo olgan bo`lsa, 30 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Ko`rilayotgan choralar va amalga oshirilgan tadbirlar natijasida sodir bo`layotgan yong`inlar o`tgan yilning shu davriga nisbatan 49 foizga, fuqarolarning tan jarohati olishi 74 foizga kamayishiga erishildi. 
 

    Boshqa yangiliklar