Buxoro shahrida “Piridastgir” ko`chasida yashovchi, 1957 yilda tug`ilgan X.S. va uning o`g`li Buxoro tumani “Oybek” MFYda yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan B.A. lar o`rtasidagi oilaviy kelishmovchiliklar muhokama qilinib sabablari o`rganildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qilmoqda.
O`rganish jarayonida fuqaro B.A. o`z onasini qo`rqitib, uni kamsitib, tazyiq va ruhiy zo`ravonlik qilib kelayotganligi aniqlandi. Shu sababli X.S.ga bir oy muddatga “Himoya orderi” rasmiylashtirib berilib, mahalla va oilani qo`llab quvvatlash bo`limi mas`ullaridan murabbiy biriktirildi.
Tomonlarga himoya orderining talablari, uni buzganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar batafsil tushuntirilib, onaxonning o`g`li B.A. ogohlantirildi.






