AsosiyJamiyat

Test tizimiga oid Hukumat qarori qabul qilindi

'Test tizimiga oid Hukumat qarori qabul qilindi'ning rasmi

“Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, Davlat test markazi huzurida “Ilmiy-o`quv amaliy markazi” davlat muassasasi (Ilmiy markaz) tashkil etildi.

Test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik o`lchovlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish Ilmiy markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2020 yil 1 noyabrdan DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlari tarif koeffisientining 1,5 baravari miqdorida qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar