Joriy yilning 17 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Qoidabuzar DAN xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Ushbu holat bo`yicha YHXBB munosabat bildirdi.
Video lavha o`rganilganda, joriy yilning 27 avgust kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori G`.Isaboev belgilangan dislokasiya asosida Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz-Afrosiyob ko`chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtida noma`lum fuqaro kelib, YPX inspektoriga 3.28. “To`xtab turish taqiqlanadi” yo`l belgisi ta`sir doirasida uning shaxsiy transport vositasi 10 daqiqadan ortiq vaqt to`xtab turganligini aytgan va e`tiroz bildirgan.
Ushbu fuqaro xodim bilan o`zaro muloqotni tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.
O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati