Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Matbuot xizmati xabar qildi.
Bahodir Yusupov 1945 yil 22 iyunda tavallud topgan. 1968 yilda Toshkent temir yo`l muhandislari institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini O`rta Osiyo temir yo`li Toshkent teplovoz zavodining oddiy ishchisi sifatida boshlab, o`zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi va talabchanligi bois tizim tasarrufidagi qator korxona va tashkilotlarda turli lavozimlardan, shu jumladan, muovin va keyinchalik rahbarlik lavozimlarida halol mehnat qildi. Shuningdek, mustaqillik yillarida O`zbekiston temir yo`llari boshqarmasida boshqaruv raisining o`rinbosari, so`ng birinchi o`rinbosari-bosh muhandis lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi.
Bahodir Yusupov «Mustaqillik», "O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi" esdalik nishonlari, "Faxriy temiryo`lchi" belgisi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan transport xodimi" faxriy unvonlariga sazovor bo`lgan.
Mehnat faoliyati davomida temir yo`l tizimini rivojlantirishda va sohani ulkan yutuqlarga erishish yo`lida butun umrini baxshida etdi.
O`z kasbining fidoiysi, faxriy temiryo`lchi, tashkilotchi rahbar Yusupov Bahodir Vahitovichning vafoti munosabati bilan "O`zbekiston temir yo`llari" AJ marhumning oila a`zolariga va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.