Bugun, 17 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog`ishamol ko`chasi, Botanika bog`i qarshisida “Spark” va “Matiz” rusumli transport vositalari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lib, “Matiz” avtomashinasida yong`in yuzaga kelgan.Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Natijada, “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi va yo`lovchisi hamda “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga jo`natilgan.
“Matiz” rusumli avtomobilda yuzaga kelgan yong`in bartaraf etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.