O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yil 23-sentyabr kuni Samara shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnoviga erkin sotuv ochilganini ma`lum qildi.
"Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.
Rossiya Federasiyasining shaharlaridan O`zbekistonga parvoz qilish faqat O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga, PCR tekshiruvidan o`tganligi to`g`risidagi (qatnov jo`nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) ma`lumotnoma taqdim etilgan holda ruxsat berilishiga e`tibor qaratishingizni so`raymiz. PCR ma`lumotnomasi bo`lmagan yo`lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo`yilmaydi.
Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, AJ mobil ilovasi orqali, shuningdek, "Uzbekistan Airways" AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin"