AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva barchani Samarkand Half Marathon'nini qo`llab-quvvatlashga chaqirmoqda

'Saida Mirziyoeva barchani Samarkand Half Marathon'nini qo`llab-quvvatlashga chaqirmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 1 noyabr kuni yurtimizda an`anaga aylanib borayotgan sport tadbiri — «Samarkand Half Marathon» xayriya yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi. Saida Mirziyoeva barchani unda faol ishtirok etishga chaqirmoqda:

"1 noyabr kuni yurtimizda an`anaga aylanib borayotgan sport tadbiri — Samarkand Half Marathon @samarkandhalfmarathon xayriya yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi. Ushbu musobaqa mamlakatimizda ikkinchi marotaba o`tkaziladi. Bu yilgi yarimmarafonning asosiy maqsadi — ASB (autizm spektrining buzilishi)ga chalingan insonlar muammosiga e`tiborni qaratishdir.

Bunday masalalarni chetlab o`tmaydigan va autizm muammosiga jamoatchilik e`tiborini jalb etadigan loyihalar mavjudligi quvonarli. Yarimmarafon saytida yugurish musobaqasi  to`g`risidagi ma`lumotlardan tashqari, inklyuziv muhitni yaratish bo`yicha jahon mutaxassislarining ma`ruzalari va mahorat darslari bo`yicha katta o`quv bloki joylashtiriladi. Bu autizmga chalingan bolalarning ota-onalari va aholining ASB haqida bilimini oshiradi.

Istalgan mamlakat fuqarosi xayriya tadbirini qo`llab-quvvatlashi va Samarkand Half Marathon loyihasida ishtirok etishi mumkin. Bu yil yarimmarafon virtual formatda o`tkaziladi: har bir ishtirokchi joy, vaqt va hatto masofani o`zi tanlaydi. Ta`kidlab o`tish joiz, ushbu yarimmarafondan tushgan barcha mablag`lar O`zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining birida ASBga chalingan bolalar uchun badiiy studiyani tashkil etishga sarflanadi.

Keling, Samarkand Half Marathon'ni qo`llab-quvvatlaymiz. Imkoniyati cheklangan bolalarga vaqtida e`tibor qaratish ularning kelajakda yanada to`laqonli hayot kechirishiga yordam beradi. Yarimmarafon tashkilotchilariga ham o`z minnatdorligimni bildirmoqchiman, ular bizga mana shunday xayriya tadbirlari uyushtirish  zarurligini va bu orqali barchamiz yagona ezgu maqsad — haqiqatan ham muhtojlarga yordam berish yo`lida birlashishimiz mumkinligini ko`rsatib berdilar"

    Boshqa yangiliklar