Yo`l havfsizli xizmati bosh boshqarmasi xodimlari yangi yil bayramida ham ishlaydi.
“Yangi yil kechasi YHXBB xodimlari shahrimiz yo`llaridagi harakat xavfsizligini ta`minlash uchun har qachongidek ogoh va sergak turishadi. Faqat, xodimlarimiz har bir mashinani to`xtatib, eng avval haydovchilarni bayram bilan qutlashadi. Lekin har qanday holatda ham qizil chiroqda o`tib ketgan, rulni boshqarish paytida telefonda gaplashgan, mast holatdagi haydovchilarga odatiy tartib bo`yicha chora ko`riladi. Bizning xizmat xodimlari bayramlarda ham, oddiy kunlarda ham hushyor ishlashadi. Kechalari YPX va PPX xodimlari bilan hamkorlikdagi tungi ekipajlarimiz ishlashadi.
Ular tuman ichki ishlar boshqarmalariga tartibbuzarlarni olib borishadi¸ sodir etilgan o`g`irlik, mushtlashuv, bezorilik singari holatlar bo`yicha chaqiruv joyiga etib borishadi. Blokpostlarda hujjatlar diqqat bilan tekshiriladi. Xodimlarimiz hatto yangi yil kechasi ham patrul brigadalari tarkibida bolalar archalari o`rnatilgan hududlarni, konsert zallarini nazorat qilishadi, avtomashinalar ruxsat etilgan joylarda qo`yilganini, chiqish yo`llari to`silib qolmasligi va tirbandliklar yuzaga kelmasligini tekshirishadi, To`g`ri, ular yaqin oradagi restoranlarda bayramni nishonlashlari uchun ruxsat beriladi, ammo, har qanday holatda chaqiruvga hozir bo`lib turishlari talab etiladi”, — deydi YHXBB Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo`limi boshlig`i Alisher Abduqodirov.





