AsosiyJinoyat

Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkiloti a`zolarining jinoiy faoliyati to`xtatildi

'Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkiloti a`zolarining jinoiy faoliyati to`xtatildi'ning rasmi

18 sentyabr kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar a`zolarining faoliyatiga chek qo`yildi.Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati habar bermoqda

Qo`lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma`lumot tariqasida aytish joizki, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qaroriga asosan “Hizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati O`zbekiston Respublikasi hududida ta`qiqlangan tashkilotlar ro`yxatiga kiritilgan.

 
  

Boshqa yangiliklar